Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Deputat saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Nurobod mahalla fuqarolar yig‘inida Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 9-Nurobod saylov okrugidan saylangan deputat M.Sarimova tomonidan saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
📌Uchrashuvda mahalla faollari, nuroniylar hamda fuqarolar ishtirok etib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid qator masalalar muhokama qilindi.
🛣Xususan, mahalla infratuzilmasini yaxshilash, ichki yo‘llarni ta’mirlash va shag‘allashtirish, aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash hamda bolalar uchun zamonaviy o‘yin maydonchalarini tashkil etish masalalari ko‘tarildi.
Uchrashuv davomida bildirilgan taklif va murojaatlar tegishli tartibda o‘rganib chiqilishi, mavjud muammolarni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rilishi ma’lum qilindi.

Slide 1 of 3