Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Mahalla yettiligi faoliyati yuzasidan hisobot eshitildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 7-Sutbuloq saylov okrugidan saylangan deputat Islomiddin Allayarov tomonidan Lalmikor mahallasida mahalla yettiligi a’zolarining joriy yil boshidan bugungi kunga qadar amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobotlari eshitildi.
Hisobot davomida mahalla hududida aholi muammolarini hal etish, fuqarolar bandligini ta’minlash, xotin-qizlar va yoshlar bilan ishlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, mahalla yettiligi faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, aholi murojaatlariga o‘z vaqtida yechim topish hamda hududdagi mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Yig‘ilish yakunida mahalla yettiligi tomonidan belgilangan vazifalar ijrosini tizimli tashkil etish va aholi bilan ishlash sifatini yanada yaxshilash zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3