Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 14-Yangikent saylov okrugidan saylangan deputat Furqat Sarimsakov saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazib, o‘tgan davr mobaynida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi.
Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari o‘rganilib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan amaliy ishlar olib borilgani ta’kidlandi. Shuningdek, hududdagi mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida mutasaddi tashkilotlarga 2 ta deputatlik so‘rovi kiritilganligi ma’lum qilindi.
Yig‘ilish yakunida saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.