Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi kotibiyati mudiri, 10-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputat Gulzoda Xudoyarova tomonidan Mustaqillik mahallasida yashovchi fuqaroning murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
Muloqot davomida fuqaro sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolari sababli davolanish jarayonini tashkil etish hamda tibbiy muassasalarga yo‘llanma olish masalasida amaliy yordam so‘rab murojaat qildi. Murojaat mazmuni yuzasidan fuqaroga tegishli tushuntirishlar berilib, masalani ijobiy hal etish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rish belgilandi.
Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning muammolarini joyida o‘rganish hamda amaliy ko‘mak ko‘rsatish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.