Xalq deputatlari Xo‘jayli tuman Kengashiga 23-Qumjuqqin saylov okrugidan saylangan deputat E.Asamatdinov tomonidan tuman maktabgacha va maktab bo‘limi boshlig‘i K.Fayzullayevaga deputatlik so‘rovi yuborildi.
Deputat so‘rovida bo‘lim tomonidan hududiy dasturlarni ishlab chiqish va xalq deputatlari mahalliy kengashlariga taqdim etish bo‘yicha yo‘l xaritasi, chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanganligi va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berish so‘ralgan.
Bu orqali tumanlik Kengash deputatlari soha rahbarlarining rejalari va ularning ijrosini jamoatchilik asosida nazorat qilish rejalashtirilgan.