Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 8-Oybek saylov okrugidan saylangan deputat Dilrabo Ochilova tomonidan Oybek mahallasi xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash hamda xotin-qizlar bilan manzilli ishlash yo‘nalishlarida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, xotin-qizlar faolligini oshirish, ularning muammolarini o‘z vaqtida hal etish va huquqiy savodxonligini yuksaltirish yuzasidan olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.