Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Deputat so‘rovi yuborildi

Deputat so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati E.Hamroyev tomonidan Qiziriq tumani Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Z.Nodirovga deputat so‘rovi yuborildi.

Deputat so‘rovida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-sonli qarori hamda xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining 2026-yil 19-martdagi VII-18-24-8-113-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan “Mustaqillik” va “Gulzor” mahallalarida amalga oshirilishi belgilangan ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari holati yuzasidan ma’lumot so‘ralgan.

Xususan, “Mustaqillik” mahallasidagi “Yakkatol”, “M.Behbudiy”, “Gulbuloq” va “Cho‘lobod” ko‘chalari hamda “Gulzor” mahallasidagi “Istiqlol” ko‘chasida belgilangan ta’mirlash ishlari bugungi kunga qadar bajarilmaganligi sababli, mazkur holat yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish, ishlarning amaldagi holati, ularni amalga oshirish muddatlari hamda ko‘rilayotgan choralar haqida batafsil axborot taqdim etish so‘ralgan.

Mazkur masala deputatlik nazoratiga olingan.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#Deputat_sorovi #E_Hamroyev

Slide 1 of 2