🏛 DEPUTAT XALQ ORASIDA
✅ Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi deputati N.Allamuratova o‘zi saylangan 12-“Obod yurt” saylov okrugida aholi bilan yuzma-yuz muloqot qildi.
✅Deputat xonadonma-xonadon yurib, mahalla aholisi bilan bevosita muloqot qildi hamda ularning turmush farovonligi, ijtimoiy muammolari va hududdagi mavjud masalalarni o‘rgandi.
✅Uchrashuv davomida aholi oqava suv (ichimlik suvi) ta’minoti, yo‘l va obodonlashtirish ishlari, shuningdek, ijtimoiy xizmatlar bilan bog‘liq muammolar yuzasidan o‘z murojaat va takliflarini bildirdi.
✅Uchrashuv yakunida saylovchilar tomonidan ilgari surilgan taklif va mulohazalar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.
✅Bunday muloqotlar aholi muammolarini joyida o‘rganish, ularning murojaatlariga yechim topish hamda deputat va saylovchilar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.