Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati X.Raxmonova tomonidan yuborilgan deputatlik so‘roviga “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan belgilangan tartibda javob taqdim etildi.

#Deputat_so‘rovi_javobi

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati X.Raxmonova tomonidan yuborilgan deputatlik so‘roviga “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan belgilangan tartibda javob taqdim etildi.

Javobda ma’lum qilinishicha, amaldagi qonunchilikka muvofiq kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash jarayonlari “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

Shuningdek, 2023-yil dekabr oyidan boshlab nafaqa oluvchi oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holati tizim tomonidan har oy avtomatik ravishda monitoring qilinadi. Agar oilaning daromadi oshsa, ikkinchi ko‘chmas mulk yoki yangi avtotransport vositasi xarid qilinsa, nafaqa to‘lovlari qayta ko‘rib chiqiladi va qonunchilikda belgilangan tartibda to‘xtatilishi mumkinligi bildirildi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 1