Янгиликлар

Aziz yurtdoshlar, qadrli tumanimiz ahli!

#tabrik #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

Aziz yurtdoshlar, qadrli tumanimiz ahli!

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi sizlarni 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami munosabati bilan chin dildan tabriklaydi!

O‘zbek tili — millatimizning ruhi, yuragimizdagi iftixor, o‘zligimizni anglash va asrashning eng muhim timsolidir. U xalqimizning ko‘p asrlik tarixi, boy madaniyati va beqiyos ma’naviy merosini o‘zida mujassam etgan bebaho xazina hisoblanadi.

Davlat tilimizni qadrlash, uni boyitish va har bir sohada faol qo‘llash — har birimizning fuqarolik burchimizdir. Tilimizni sevish va e’zozlash orqali biz ajdodlarimiz merosiga hurmat bajo keltiramiz, yosh avlod qalbida milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlaymiz.

Shu ulug‘ ayyomda sizlarga tinchlik va totuvlik, farovon hayot, ijodiy yutuqlar hamda yangi zafarlarga to‘la kunlar tilaymiz.

Slide 1 of 1