Янгиликлар

#Deputat_so‘rovi #Deputat_nazorati

#Deputat_so‘rovi
#Deputat_nazorati

Yo‘l harakati xavfsizligi va aholiga qulay transport xizmati — deputat e’tiborida
Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining 6-saylov okrugi deputati T.Хoliqov tomonidan “Dehqonobod” mahallasidagi kottejlar hududida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda jamoat transporti xizmatini yaxshilash yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.

Murojaatda maktab o‘quvchilari va piyodalar uchun xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish, yo‘l yoqasidagi noqulayliklarni bartaraf etish, shuningdek, 171-sonli avtobus yo‘nalishida belgilangan bekatlarda to‘xtash va qatnov jadvaliga rioya etilishi masalalari ko‘tarilgan.

Deputat so‘rovida mavjud muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish, zarur xavfsizlik choralarini ko‘rish hamda aholiga sifatli transport xizmati ko‘rsatilishini ta’minlash so‘ralgan.                                         

Slide 1 of 2