Янгиликлар

#Doimiy_komissiya #Ish_rejasiga_asosan #savolnoma_asosida #24_ta_tavsiyalar_ijrosi

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi ish rejasiga muvofiq navbatdagi nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida Doimiy komissiya raisi Azamat Karamatovich Mamatmuratov, Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi Kotibiyati mudiri Musurmon Abduraxmonovich Xujanov hamda Kotibiyat bosh mutaxassislari A. Esanov va I.Roziqovlar tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotida savolnoma asosida hamda Senatning 24 ta muhim tavsiyasi ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati tartibida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida maktabgacha ta’lim tashkilotidagi tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mashg‘ulot va xonalar holati, kutubxona burchagi hamda moddiy-texnik baza ko‘zdan kechirildi va taʼlim muassasasi mas’ullariga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 3