Янгиликлар

46-sonli maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 18-“Navro‘z” saylov okrugidan saylangan deputati R.Talipdjanov tomonidan “Toshkentlik go‘zari” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 46-sonli umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida ta’lim muassasasining isitish tizimi, qozonxonalarning mavsumga tayyorligi hamda maktabni zarur miqdordagi ko‘mir yoqilg‘isi bilan ta’minlash holatiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, sovuq kunlarda maktab binosida barqaror issiqlikni ta’minlash uchun amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Ma’lum bo‘lishicha, maktabdagi mavjud 6 ta qozonxona kuz-qish mavsumida foydalanish uchun shay holatga keltirilgan. Ta’lim muassasasi ehtiyoji uchun jami 70 tonna ko‘mir buyurtma qilingan bo‘lib, hozirgi kunga qadar uning 20 tonnasi yetkazib berilib, zaxiraga jamg‘arilgan.

Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlash, o‘quvchilar va pedagog xodimlar uchun qulay sharoit yaratish hamda maktab binosida zarur haroratni saqlashda muhim ahamiyatga ega.

O‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — isitish tizimining barqaror ishlashini ta’minlash, yoqilg‘i zaxiralarining shakllantirilishini nazorat qilish va ta’lim muassasasining sovuq mavsumga tayyorgarlik holatini baholashdan iborat.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 9