Янгиликлар

#Deputat_mahallada

#Deputat_mahallada

🔰 Keyingi yillarda Zangiota tumanida barpo etilayotgan zamonaviy ko‘p qavatli turar joy binolari hudud qiyofasini yanada ko‘rkamlashtirmoqda. Bunday binolarda liftlarning sozligi, xavfsizligi va uzluksiz ishlashini ta’minlash muhim ahamiyatga ega.

🔰 Shu maqsadda Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining 15-saylov okrugi deputati K. Mamurova hamda Kengash kotibiyati xodimi G. Shodiyeva tomonidan “Navqiron” mahallasidagi ko‘p qavatli uylarda liftlarning texnik holati o‘rganildi.

🔰 O‘rganish davomida lift kabinalarining texnik va sanitariya holati qoniqarli ekani, ularning ishlashi mas’ullar tomonidan muntazam nazorat qilib borilayotgani ma’lum bo‘ldi.

🔰 Shuningdek, ko‘p qavatli uylar atrofidagi hududlar obodonlashtirilgani, tozalik saqlanayotgani va mavsumiy gullar ekilgani kuzatildi. Aholi uchun mo‘ljallangan bolalar maydonchalari hamda futbol maydonlari ham ozoda saqlanmoqda.

Slide 1 of 9