35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Kengash_faoliyati

#Deputatlik_faoliyati
#Kotibiyat_bosh_mutaxassis
#24_ta_masala
#Okrugda_o‘rganish

Bandixon tumanida “Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla” tamoyili asosida amaliy ishlar davom etmoqda

Bandixon tumanida aholi yashash muhitini yaxshilash, mahallalarni obodonlashtirish va irrigatsiya tarmoqlarini tartibga keltirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 9-Paxtakor saylov okrugidan saylangan deputat A.Allamuradovga biriktirilgan tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov "Paxtakor" MFYda bo‘lib, hududda olib borilayotgan obodonlashtirish tadbirlari bilan tanishdi.

O‘rganish jarayonida mahalla hududidagi sug‘orish ariqlarini tozalash, ko‘chalarni obodonlashtirish va tartibga keltirish ishlari ko‘zdan kechirildi. Mazkur ishlarda mahalla faollari, nuroniylar va yoshlar bilan bir qatorda “Amu-Surxon” irrigatsiya tizimi mutaxassislari ham faol qatnashayotgani ta’kidlandi. Hududlarni obod etish va aholi uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar deputatlik nazorati ostida davom ettiriladi.

Slide 1 of 4