#Partiya_deputatlik_guruhi
🔰Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi (XDP) deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
🔰Yig‘ilishda deputatlik guruhining faoliyati, hududda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish hamda ularni qiynayotgan muammolarni mahalliy Kengash sessiyalarida ko‘tarish masalalari muhokama qilindi.
🔰Shuningdek, tumanda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash, aholi farovonligini oshirish va ijtimoiy sohadagi muammolarni manzilli hal etish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.
🔰Yig‘ilish davomida deputatlar tomonidan saylovchilar bilan uchrashuvlar natijasida aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish, deputatlik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.