Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “20-Mirzaobod” saylov okrugi deputati R.Amanova hamda tuman Kengashi Kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev tomonidan 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 2026–2027-yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati joyiga chiqib o‘rganildi.
🔴O‘rganish davomida maktab binosining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, isitish tizimlarining texnik holati, mavjud isitish vositalarining sozligi, yoqilg‘i zaxirasi, sinfxonalar va boshqa xonalarning mavsumga mosligi hamda xavfsizlik talablari ko‘rib chiqildi.
🔴 Shuningdek, maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorligi, isitish tizimlari va qozonxona holati talab darajasida hamda soz holatda ekanligi aniqlandi.
🔴 Mavsum davomida ta’lim muassasasida o‘quvchilar va pedagoglar uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash, mavjud isitish tizimlaridan samarali foydalanish hamda xavfsizlik choralariga qat’iy rioya etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.