35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

"MAHALLA YETTILIGI" FAOLIYATI O‘RGANILDI,

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “20-Mirzaobod” saylov okrugi deputati R.Amanova hamda Kengash Kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev tomonidan “Yuqori Mirzaobod” mahalla fuqarolar yig‘inida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi.

🔴 O‘rganish davomida mahallada aholi bilan ishlash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🔴 Shuningdek, hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi, xonadonbay ishlash tizimi, aholining bandligini ta’minlash hamda fuqarolarni kambag‘allikdan chiqarish va daromadlarini oshirish borasidagi chora-tadbirlarning natijadorligiga alohida e’tibor qaratildi.

🔴 Mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik va kasanachilikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari ham muhokama qilindi.

✍️ O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammolar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, belgilangan vazifalarning ijrosini nazoratga olish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4