Aholi muammolari o‘rganildi
✅Tuman Kengashi deputati M. Qoraxo‘jayev o‘z saylov okrugi hududida joylashgan “Shodlik” mahallasida bo‘lib, mahalla raisi bilan birgalikda hududdagi mavjud muammolarni o‘rgandi.
✅O‘rganish davomida mahalla ko‘chalari kesimida yurib, aholi bilan bevosita muloqot qilindi. Fuqarolarning murojaatlari, kundalik hayotida uchrayotgan muammolar hamda hududni obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash bilan bog‘liq masalalar tinglandi.
✅Aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, aholi murojaatlariga amaliy yechim topish yuzasidan zarur choralar belgilandi.
✅Deputat tomonidan saylovchilar bilan bunday uchrashuv va o‘rganishlar muntazam davom ettirilishi, aholining taklif va murojaatlari doimiy nazoratga olinishi ta’kidlandi.