35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

#Deputat_faoliyati

Tuman Kengashi deputati Xoliqov To‘lqin Gʻafforovich “Fayz” mahallasi hokim yordamchisi D. Jo‘rayev bilan birgalikda mahallada istiqomat qiluvchi fuqarolarning xonadonlariga borib, oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti va mavjud imkoniyatlarini o‘rgandi.

O‘rganish jarayonida oilalarning kundalik turmush sharoiti, daromad manbalari, mehnat qilish va tadbirkorlik bilan shug‘ullanish imkoniyatlari, mavjud muammolari hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha ehtiyojlari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, ehtiyojmand oilalarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish va ularning turmush farovonligini oshirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

Bunday xonadonbay o‘rganishlar aholi bilan bevosita muloqotni kuchaytirish, muammolarni joyida aniqlash va har bir oilaga manzilli yordam ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 4