35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Tuman Adliya bo‘limida deputatlik nazorati doirasida o‘rganish olib borildi

#biriktirilgan_tashkilot #162_ta_Qonun
#kotibiyat_mudiri_faoliyati #kunlik_ish_reja_ijrosi

Tuman Adliya bo‘limida deputatlik nazorati doirasida o‘rganish olib borildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev tuman Kengashiga 6-Xomkon saylov okrugidan saylangan deputat U.Yangiboyevga biriktirilgan tashkilot — tuman Adliya bo‘limida bo‘lib, deputatning biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi O‘RQ-937-son “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida mazkur Qonunda belgilangan vazifalarning tumandagi ijrosi, fuqarolarning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarini e’tirof etish bilan bog‘liq murojaatlarini ko‘rib chiqish holati o‘rganildi. Shuningdek, aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, qonun ijrosini ta’minlash va fuqarolarga huquqiy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 4