Maishiy chiqindi poligonidagi holat o‘rganildi
Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Tursunqulov, ishchi guruhi a’zosi F.Abdusattorov hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Turdiyev tomonidan Shodlik mahallasi hududida joylashgan Oqoltin tumani maishiy chiqindi poligonida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida poligonda chiqindilarni yig‘ish va joylashtirish jarayonida ayrim kamchiliklar mavjudligi aniqlandi. Aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda hududda sanitariya va ekologik holatni yaxshilash maqsadida “Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasiga tegishli taklif va tavsiyalar kiritish belgilandi.