35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Turdiyev tomonidan Yangi davr mahallasi yettiligi hamda saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida mahalladagi mavjud muammolar tanqidiy-tahliliy ruhda muhokama qilindi.

Xususan, ko‘p qavatli uylarni ta’mirlash ishlarini nazoratga olish, hududdagi kanalizatsiya tizimini yaxshilash hamda bolalar o‘yingohlarini ta’mirlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish, tegishli mas’ullarga vazifalar belgilash va ijrosini deputatlik nazorati asosida kuzatib borish rejalashtirildi.

Slide 1 of 5