Korrupsiyaviy holatlarning oldini olish choralari muhokama qilindi
Yig‘ilish davomida doimiy komissiya a’zosi G.Islamova tomonidan tuman ekologiya bo‘limida korrupsiyaviy holatlarning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan yoki ishlab chiqilmaganligi yuzasidan savol berildi.
Mas’ulning javobiga ko‘ra, bugungi kunda tuman ekologiya bo‘limida korrupsiyaviy holatlarning oldini olish bo‘yicha alohida chora-tadbirlar rejasi shakllantirilmagan. Biroq viloyat ekologiya boshqarmasida tegishli chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib, uning ijrosi uchun mas’ul xodim biriktirilgan.
Yig‘ilishda korrupsiyaviy xavflarni barvaqt aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha tuman darajasida ham aniq va tizimli chora-tadbirlarni belgilash zarurligi ta’kidlandi.