35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Doimiy komissiya raisi G‘.Axmedov tomonidan tuman hokimi o‘rinbosari X.Matchonovga tumandagi bog‘dorchilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklari hamda ularga ajratilgan yerlardan samarali foydalanish holati yuzasidan savol berildi. Jumladan, mavjud fermer xo‘jaliklari soni, samarasiz foydalanilayotgan yerlar va ularni tuman zaxirasiga qaytarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar so‘raldi.

X.Matchonovning ma’lum qilishicha, joriy yil boshida tumanda 40 ta bog‘dorchilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaligi mavjud bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda ularning soni 38 tani tashkil etmoqda. O‘rganishlar davomida 10 ta fermer xo‘jaligida yerlardan samarasiz foydalanish holati aniqlanib, ularga kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ogohlantirishlar berilgan.

Doimiy komissiya tomonidan yerlardan oqilona va samarali foydalanish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda bu boradagi ishlarning natijadorligini ta’minlash masalalari deputatlik nazoratida bo‘lishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3