35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATINI 2030-YILGA QADAR RIVOJLANTIRISHNING YANGI BOSQICHI

Mazkur Farmon bilan mahalliy Kengashlarning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi roli va vakolatlarini yanada kuchaytirish, ijro hokimiyati organlarining xalq vakillari oldidagi hisobdorligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar belgilangan.

Farmonning bosh g‘oyasi “Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyilini amaliyotga izchil tatbiq etish orqali mahalliy boshqaruv tizimida o‘zaro muvozanat va samarali hamkorlikni ta'minlashdan iborat.