35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

 At-Termiziy ko‘chasidagi yo‘l holati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati I.Qo‘chqorova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Shakarboyev tomonidan At-Termiziy ko‘chasidagi yana bir yo‘lning holati joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganish davomida mazkur ko‘chaning ayrim qismlarida yo‘l qoplamasi ta’mirtalab holatga kelgani aniqlandi.

Joyida olib borilgan o‘rganish natijasida ko‘chaning 270 metr qismi ta’mirlashga ehtiyojmand ekani qayd etildi. Ushbu holat, ayniqsa, yog‘ingarchilik mavsumida aholi va transport vositalari harakatiga qo‘shimcha noqulayliklar keltirib chiqarishi mumkin.

Aniqlangan muammoni bartaraf etish, yo‘lning ta’mirtalab qismini ta’mirlash va aholi uchun qulay harakatlanish sharoitini yaratish masalasi tegishli mas’ullar e’tiboriga yetkazildi. Mazkur masala deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 4