35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Doimiy komissiya a’zolari bilan yig‘ilish o‘tkazildi.

Doimiy komissiya a’zolari bilan yig‘ilish o‘tkazildi.


Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi Kotibiyati mudiri M. Yarmatov tomonidan doimiy komissiya a’zolari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.Yig‘ilish davomida doimiy komissiyalar faoliyatini samarali tashkil etish, deputatlar tomonidan nazoratga olingan masalalar hamda tegishli tashkilotlarga biriktirilgan qonunlar ijrosini o‘rganish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, doimiy komissiya a’zolari zimmasiga biriktirilgan qonun hujjatlarining ijrosini nazorat qilish, o‘zlariga biriktirilgan tashkilotlarda nazorat tadbirlarini amalga oshirish hamda aniqlangan muammo va kamchiliklar yuzasidan tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, deputatlik nazoratini yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 1