35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

DEPUTAT KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH OLIB BORDI.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “3-Olchin” saylov okrugi deputati A.Ubaydullayev hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi A.Ismoilovlar tomonidan “Cho‘lyunus” mahalla fuqarolar yig‘inining “Guzar” ko‘chasida navbatdagi ko‘chama-ko‘cha o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mazkur ko‘cha infratuzilmasi ko‘zdan kechirilib, ko‘chaboshi I.Tojiyev bilan muloqot qilinganda, “Guzar” ko‘chasida 50 yil oldin tortilgan ichimlik suvi tarmog‘i hozirda yaroqsiz holaga kelib qolganligi sababli, mazkur ko‘chaning 400 metr ichimlik suvi tarmog‘ini yangilash shuningdek, ichimlik suvi qudug‘ini ta’mirlash kerakligini bildirdi.

Aniqlangan mazkur masala deputatning "Ko‘chama-ko‘cha aylanish" daftariga qayd etilib, ijrosini ta’minlash maqsadida deputat nazoratiga olindi.

Slide 1 of 6