35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

🍗 Parranda go‘shti va mahsulotlari rastalari ko‘zdan kechirildi

Taxiatosh dehqon bozorida aholi ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha o‘tkazilgan monitoring tadbirlarining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

📍 Yakuniy o‘rganish yo‘nalishi — tovuq va parranda go‘shti mahsulotlari bo‘ldi.

🏛 Ishchi guruh tarkibi: Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputatlari Matniyazov Akbar Qadirovich, Bekniyazov Baxramjon Kamiljonovich, Turdiyev Anvar Xaytbayevich hamda Kengash qoshidagi “Ekspert guruhi” a’zolari.

🔍 E’tibor markazidagi asosiy masalalar:
Parranda go‘shti va mahsulotlarining savdo rastalaridagi hajmi hamda omborlardagi mavjud zaxirasi;
Narx-navoning sun’iy oshirilmasligi, mahsulotlarning sifati va aholiga uzilishlarsiz yetkazib berilishi.

💬 Mahsulot sotuvchilari va xaridorlar bilan bevosita muloqot qilinib, bozordagi real talab hamda taklif muvozanati o‘rganildi va barcha ma’lumotlar qayd etib olindi.

📊 Yakun: Dehqon bozoridagi asosiy iste’mol mahsulotlari bo‘yicha o‘tkazilgan barcha nazorat va o‘rganish ishlari umumlashtirilib, narxlar barqarorligini saqlash va mahsulotlar ta’minotini yanada yaxshilash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olinadi.

Slide 1 of 2