35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

ISHSIZ XOTIN-QIZLARNING BANDLIGINI TA’MINLASHGA AMALIY KO‘MAK

ISHSIZ XOTIN-QIZLARNING BANDLIGINI TA’MINLASHGA AMALIY KO‘MAK

✅ Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Xudayqulova Nargiza G‘aybullaevna tomonidan 20-“Gulzor” saylov okrugiga qarashli “Kimyogar” mahallasida yashovchi ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta’minlashga qaratilgan amaliy ishlar amalga oshirildi.

🤝 Deputat tomonidan ishsiz fuqarolar kasb-hunarga o‘qitish markaziga olib borilib, ularning qiziqishi va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda tegishli o‘quv kurslariga joylashtirishda amaliy yordam ko‘rsatildi.

📚 Mazkur o‘quv kurslarida fuqarolar zamonaviy va talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarni egallab, kelgusida o‘zini o‘zi band qilishi hamda barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish imkoniyatiga ega.

💼 Tashabbus doirasida xotin-qizlarning mehnat bozoridagi imkoniyatlarini kengaytirish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish va mustaqil faoliyat boshlashiga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅ Ish bilan ta’minlash, kasb-hunarga o‘rgatish va fuqarolarning o‘zini o‘zi band qilishiga ko‘maklashish — aholi farovonligini oshirishga xizmat qiluvchi muhim yo‘nalishdir.

🌸 Har bir insonning munosib mehnat qilishi uchun imkoniyat yaratish — ustuvor vazifalardan biridir.

Slide 1 of 3