35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

#Deputat_mahallada

✨Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining 5-"O‘rikzor" saylov okrugi deputati N.Bayzakova tomonidan "O‘rikzor" mahallasi hokim yordamchisi faoliyati, xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.

✨Shuningdek, fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda ko‘rib chiqildi.

✨O‘rganish jarayonida bir fuqaroning imtiyozli moliyaviy ko‘mak olish bo‘yicha murojaati ijobiy hal etilib, unga 15 million so‘m miqdorida foizsiz kredit ajratilishiga amaliy yordam ko‘rsatildi.

✨Fuqarolar manfaatlarini ta'minlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida hal etish hamda aholini kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda.  
 

Slide 1 of 5