35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

#Deputat_mahallada

Xalq deputatlari tuman Kengashining 9-saylov okrugidan saylangan deputat Aleksandr Shapovalov tomonidan "Bogʻzor" mahallasida ko‘chama-ko‘cha o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida deputat mahalladagi ijtimoiy xodim bilan birga aylandi va  faoliyati bilan yaqindan tanishdi.                     

✅Jumladan, aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar hamda moddiy yordamlarni tayinlash va o‘z vaqtida to‘lash jarayonlari joyida o‘rganildi.

✅Shuningdek, fuqarolar bilan muloqot o‘tkazilib, ularning murojaat va takliflari tinglandi.

✅ Aniqlangan masalalarni hal etish hamda ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

✅Aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va ularning muammolarini joyida hal etishga qaratilgan bunday o‘rganish ishlari izchil davom ettiriladi.                              

Slide 1 of 3