✨17-okrug deputati F.Rajabova tomonidan "O‘ra tepa" MFYda hokim yordamchisi hamda biriktirilgan patronaj xodimlarining faoliyati o‘rganildi.
✨Nazorat jarayonida aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta'minlash, xonadonbay ishlash hamda patronaj xizmatlarining samaradorligiga alohida e'tibor qaratildi.
✨O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ish samaradorligini yanada oshirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash bo‘yicha mas'ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
Deputat tomonidan mazkur yo‘nalishdagi ishlar doimiy nazoratda ekani ta'kidlandi.