Янгиликлар

#Deputat_mahallada

✅Xalq deputatlari tuman Kengashining 6-saylov okrugi deputati T.Xoliqov “Keng-kechik” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududdagi mavjud holatni atroflicha o‘rgandi.

✅Mazkur mahalla “og‘ir hudud” toifasiga kiritilgani bois, aholi turmush sharoitlarini yaxshilash, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda infratuzilmani rivojlantirish ustuvor vazifalardan biri etib belgilangan.

✅O‘rganish davomida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi A.Po‘latov bilan birgalikda hududni obodonlashtirish, ichki yo‘llarni tartibga keltirish, kommunal xizmatlar sifatini oshirish hamda aholini qiynayotgan masalalarni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan fikr almashildi.

✅Shuningdek, mavjud muammolarni tizimli bartaraf etish, mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash hamda fuqarolar uchun yanada qulay yashash muhitini yaratishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar rejasi kelishib olindi.                                        

Slide 1 of 3