Янгиликлар

Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati o‘rganildi

#Doimiy_komissiya

🏥 Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati o‘rganildi

🩺Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tumani Kengashi huzuridagi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi D.Mirzaxonova, komissiya a’zosi E.Suyunov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi E.Imomovlar tomonidan 23-Kattako‘rpa saylov okrugida joylashgan 9-son oilaviy poliklinikada aholi uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.

➕O‘rganish davomida muassasada bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, tibbiyot xodimlari faoliyati, dori-darmonlar ta’minoti, tibbiy jihozlarning holati hamda fuqarolar uchun yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishildi.

➕Shuningdek, poliklinika rahbariyati va xodimlari bilan suhbat o‘tkazilib, aholiga birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda tibbiyot muassasasining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

➕O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, aholi salomatligini muhofaza qilish hamda tibbiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilashga qaratilgan ishlarni davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

🇺🇿🏛🇺🇿 Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi
Telegram | Facebook | Instgram | YouTube