Янгиликлар

Pedagoglarning huquq va manfaatlari – doimiy e’tiborda

#162_ta_qonun
#doimiy_komissiya

📚 Pedagoglarning huquq va manfaatlari – doimiy e’tiborda

✅Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tumani Kengashi huzuridagi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi D.Mirzaxonova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi E.Imomov tomonidan tumandagi 51-son umumta’lim maktabida 2024-yil 1-fevralda qabul qilingan “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi O‘RQ–901-son Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

✅O‘rganish davomida pedagog xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ularning qonun bilan belgilangan huquq va kafolatlarining ta’minlanishi, mehnat faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarning oldini olish, shuningdek, pedagoglarning kasbiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

✅Shuningdek, maktab rahbariyati va pedagoglar bilan muloqot o‘tkazilib, qonun talablarining amaliy ijrosi, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan taklif va mulohazalar o‘rganildi.

✅Mazkur qonun pedagoglarning huquqlari, majburiyatlari, faoliyatining asosiy kafolatlari, mehnatiga munosib haq to‘lash, rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilishning huquqiy asoslarini belgilab beradi.

✅O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, qonun ijrosini ta’minlash masalasi doimiy nazoratga olindi.

🇺🇿🏛🇺🇿 Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi
Telegram | Facebook | Instgram | YouTube