✅“Katta chinor” mahallasida yuzaga kelgan dolzarb muammo – daydi itlar masalasi aholining jiddiy e’tiroziga sabab bo‘lmoqda. Murojaatlarga ko‘ra, mahalla hududida, hatto ko‘p qavatli uylar yo‘laklarida ham daydi itlar izg‘ib yurgani, ularning bolalar va maktab o‘quvchilariga xavf tug‘dirayotgani so‘rovda qayd etilgan.
✅Mazkur holat yuzasidan mas’ullarga:
📌daydi itlarning harakatlanish vaqti va hududlarini o‘rganish;
📌ularni samarali tutish choralarini ko‘rish;
📌muammoni jiddiy nazoratga olish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
🤝 Ushbu masala bo‘yicha ijobiy natija va amaliy yechimlar kutilmoqda.
https://t.me/Zangiota_tuman_Kengashi