🔷Mazkur murojaat asosida deputat fuqaroning yashash xonadoniga yoshlar yetakchisi hamda xotin-qizlar faoli bilan birgalikda tashrif buyurdi.
🔶O‘rganish jarayonida fuqaroning ijtimoiy holati, oila aʼzolarining bandligi hamda mavjud muammolari atroflicha tahlil qilindi.
🔷Suhbat davomida fuqaroning bandlikka oid ehtiyojlari aniqlanib, uni ish bilan ta’minlash, kasb-hunar o‘rganish yoki tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
🔶Shuningdek, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.
https://t.me/Zangiota_tuman_Kengashi