Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Mahalla yettiligi” tizimining samaradorligini oshirish Kotibiyatning doimiy e’tiborida
янв.21
Xalq deputatlari Xo‘jaobod tumani Kengashida ochiq muloqot va amaliy seminar bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ijtimoiy himoya masalalari deputat e’tiborida!!!
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Dilkushod mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar nazoratda
янв.21
Bayram oldidan bozorlarda narx-navo va savdo sharoitlari o‘rganildi
янв.21
So‘nggi qo‘ng‘iroq — yangi orzular sari muhim qadam
янв.21
So‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari davom etmoqda
янв.21
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish yo‘lida muhim muloqot
“Obod mahalla - obod ko‘cha - obod xonadon”

“Zuhro” mahalla fuqarolar yig‘ini bugun “Obod mahalla - obod ko‘cha - obod xonadon” tamoyili asosida yangilanib, zamonaviy qiyofa kasb etib bormoqda. Mahallada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari aholi turmush farovonligini oshirish, qulay yashash muhitini yaratish hamda hudud infratuzilmasini yanada takomillashtirishga qaratilgani bilan e’tiborga loyiq.

Mahallada keng ko‘lamli obodonlashtirish va qurilish ishlari olib borilmoqda. Xususan, ichki ko‘chalarni tartibga keltirish, yashil hududlarni kengaytirish, aholining dam olishi va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun zamonaviy maskanlar barpo etish ishlari izchil davom etmoqda. Bu esa mahalla ahlining kundalik hayotiga qulaylik olib kirib, ijtimoiy muhitning yanada yaxshilanishiga xizmat qilmoqda.

Mahallada olib borilayotgan ishlar doirasida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar alohida ahamiyat kasb etmoqda. Shu maqsadda tashkil etilayotgan Mahalla yoshlar smart-xiyoboni nafaqat zamonaviy dam olish maskani, balki yoshlarning intellektual va ma’naviy rivojlanishiga xizmat qiluvchi innovatsion maydon sifatida e’tirof etilmoqda. Mazkur loyiha yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, ularni zamonaviy bilim va texnologiyalarga qiziqtirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati A.Mahkamov tomonidan mahallada amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilib, xususan, Mahalla yoshlar smart-xiyobonidagi yaratilayotgan sharoitlar bilan yaqindan tanishildi. O‘rganish jarayonida amalga oshirilayotgan loyihalarning sifati, ularning aholi, ayniqsa yoshlar hayotidagi o‘rni va ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 6