Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Mahalla yettiligi” tizimining samaradorligini oshirish Kotibiyatning doimiy e’tiborida
янв.21
Xalq deputatlari Xo‘jaobod tumani Kengashida ochiq muloqot va amaliy seminar bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ijtimoiy himoya masalalari deputat e’tiborida!!!
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Dilkushod mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar nazoratda
янв.21
Bayram oldidan bozorlarda narx-navo va savdo sharoitlari o‘rganildi
янв.21
So‘nggi qo‘ng‘iroq — yangi orzular sari muhim qadam
янв.21
So‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari davom etmoqda
янв.21
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish yo‘lida muhim muloqot
Qaror ijrosi yuzasidan navbatdagi monitoring o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 2026-yil 28-martdagi VII-19-28-11-166-K/26-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan joylarda o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Navbatdagi monitoring tadbirida Kengash kotibiyati mudiri A.Nosirov, kotibiyat bosh mutaxassisi A.Adxamov hamda “Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha” doimiy komissiya a’zolari ishtirok etdilar.

Ishchi guruh tomonidan Shikorbegi mahalla fuqarolar yig‘ini, Bog‘ishamol ko‘chasi 32-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro F.Ernazarova xonadonida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari holati joyida o‘rganildi.

O‘rganish davomida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktor o‘rinbosari I.Karimov tomonidan loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda ajratilgan mablag‘lardan foydalanish yuzasidan tegishli hujjatlar taqdim etildi.

Deputatlar va komissiya a’zolari tomonidan:
ta’mirlash ishlarining amaldagi holati;
bajarilayotgan ishlar sifati;
qurilish materiallarining yetarliligi va sifati;
ishlarni belgilangan muddatlarda yakunlash masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, mas’ullarga qurilish-ta’mirlash ishlarini sifatli tashkil etish, mavjud kamchiliklarning oldini olish hamda obyektni o‘z vaqtida foydalanishga topshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Bunday o‘rganishlar ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi, amalga oshirilayotgan ishlarning shaffofligi va fuqarolar uchun yaratilayotgan sharoitlarning sifatini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Qaror ijrosi va qurilish-ta’mirlash ishlari yuzasidan deputatlik hamda jamoatchilik nazorati davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4