Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
HUDUDDAGI “KICHIK SANOAT” ZONASI FAOLIYATI BILAN YAQINDAN TANISHILDI.
янв.21
Mahallaning elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq muammolari ijobiy yechim topmoqda.
янв.21
Deputatlar Vobkent tumanida: namunali Kengash tajribasi o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati – Surxandaryo deputatlari e’tiborida
янв.21
Mahalliy Kengashlarning byudjet mablag‘larini nazorat qilish faoliyati takomillashtirilmoqda.
янв.21
KENGASHDA YOSHLAR SO‘ZI
янв.21
Xalq deputatlari Vobkent tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI VAKILLIK ORGANLARI FAOLIYATINI 2030-YILGACHA RIVOJLANTIRISH KONSEPSIYASI TASDIQLANDI.
янв.21
Мақсад - жамият ва давлат ҳаётининг муҳим масалаларини ҳал этишда маҳаллий Кенгашларнинг ролини ошириш.
янв.21
Deputat ko‘magi bilan muhtoj oilaning uyi tiklandi
Munosabat

Joriy yilning 10–12-iyun kunlari poytaxtimizda IV Toshkent xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli tadbir nafaqat O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarida yangi bosqich boshlanganini, balki xalqaro hamkorlikda yirik tashabbus va istiqbollar eshigi ochilganini yana bir bor tasdiqladi.

Davlatimiz rahbari o‘z nutqi avvalida jahondagi xavfli o‘zgarishlar, global inqirozlar va barqaror rivojlanish uchun yuzaga kelayotgan to‘siqlar haqida to‘xtalib, bunday sharoitda sarmoyalarning o‘rni yanada strategik ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi.

Davlatimiz rahbari to‘rtta muhim yo‘nalish bo‘yicha hamkorlik qilish muhimligini ko‘rsatib o‘tdi. Xususan, shulardan biri — iqtisodiyotni rivojlantirishda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektdan oqilona foydalanishga qaratilgan islohotlarni yanada jadallashtirish bilan bog‘liq.

Umuman olganda, forum doirasida erishilgan kelishuvlar mamlakat taraqqiyotiga, aholining farovon turmushiga, yangi ish o‘rinlari yaratilishiga, tadbirkorlarning imkoniyatlarini kengaytirishga, investitsiya muhitini yanada yaxshilash xizmat qiladi. Zero, Yangi O‘zbekiston – bu barcha investorlar uchun katta imkoniyatlar mamlakati.

Qayd etilgan ustuvor yo‘nalishlar O‘zbekistonning kelgusidagi barqaror iqtisodiyot, texnologik taraqqiyot, investitsion kafolatlar va global integratsiya doirasida qo‘yilgan tamal toshi deyish mumkin. Bu orqali mamlakatdagi barcha islohotlar nafaqat ichki ehtiyojlarga, balki xalqaro mezonlar va istiqbollarga ham mos ravishda amalga oshiriladi. Bir so‘z bilan aytganda, Yangi O‘zbekiston modelining asosiy ustuni – ochiq, barqaror va xalqaro hamkorlikka tayyor iqtisodiy muhitdir.

Forum doirasida ilk bor o‘tkazilgan ixtisoslashgan ko‘rgazma, mahalliy kompaniyalar ishtirokidagi tashabbuslar ham mamlakatning “faol investor – faol davlat” modeli sari qadam tashlayotganini isbotladi.

To‘rtinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi – O‘zbekistonning global iqtisodiy jarayonlardagi roli, strategik maqsadlari va xalqaro hamkorlikka asoslangan yangi modelini ochiq oydin namoyon etdi. Zotan, ushbu forum mintaqa va dunyo sarmoyadorlari uchun ishonchli, barqaror va foydali makonga aylanishiga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1