📌 DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati Qambarbek Shojanov tomonidan “Sherobod” va “Shixbog‘i” mahallalaridagi sug‘orish suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammolar yuzasidan tegishli tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborildi.
🔎 So‘rovda mahallalardagi sug‘orish suvi tanqisligi, suv taqsimoti, kanal va gidrotexnik inshootlarning holati, shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar yuzasidan masalalar ko‘tarilgan.
📍 Deputatlik so‘rovida aniqlangan muammolarni o‘rganish, sug‘orish suvi ta’minotini yaxshilash hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish so‘ralgan.
Deputatlik nazorati — aholi murojaatlari va hududiy muammolar yechimiga qaratilgan.