✅Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova tumanidagi 1-son texnikumida bo'lib, ta'lim maskanidagi holat, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qonun va qarorlari ijrosi hamda hududda dolzarb bo'lgan ijtimoiy-ma'naviy masalalarni o'rgandi.
Tashrif davomida xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash, ularning ta'lim olishi va kasb-hunar egallashi uchun yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha ko'zdan kechirildi. Xususan, texnikumga biriktirilgan mas'ul tashkilotlar bilan hamkorlikda qizlarni erta turmushga berishning oldini olish, ularni erta oilaviy hayotga tayyorlash emas, balki mustaqil hayotda o'z o'rnini topishi, zamonaviy kasb-hunarlarni egallashi va jamiyatda faol bo'lishini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar muhokama qilindi.
D.Safarova yoshlar va xotin-qizlar bilan dildan suhbatlashib, davlatimiz rahbari tomonidan ta'lim va tarbiya masalasiga qaratilayotgan yuksak e'tibor, qonun ustuvorligini ta'minlash hamda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash borasida targ'ibot ishlarini yanada kuchaytirish zarurligini ta'kidladi.
Tadbir yakunida mas'ullarga mavjud muammolarni bartaraf etish, yoshlarning bandligini ta'minlash hamda huquqiy madaniyatini yuksaltirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.