Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi
Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi raisi R.Djumanova, tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov, tuman otinoyisi, tuman Oila va xotin-qizlar bo'limi bosh mutaxassisi G.Achilovalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-562-sonli Qonuni ijrosini ta’minlash, uning mazmun-mohiyatini o‘rganish hamda belgilangan vazifalar ijrosini tahlil qilish maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash, gender tenglik tamoyillariga rioya etish, jinsi bo‘yicha kamsitish holatlarining oldini olish hamda fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalariga e’tibor qaratildi.
Mazkur Qonun talablarining amaliyotga tatbiq etilishi, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar va belgilangan vazifalar ijrosi o‘rganildi.
✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!