DEPUTAT O‘RGANISHI: MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA HAFTALIK ISH REJALAR IJROSI KO‘RIB CHIQILDI
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati U. Aliqulov tomonidan 23-Fayzobod saylov okrugi hududidagi "Madaniy turmush" MFYda mahalla yettiligi faoliyati hamda ularning haftalik ish rejasiga asosan olib borilayotgan ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida mahalla drayveridan kelib chiqib aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy muhitni yaxshilash, "Mahalla yettiligi" tomonidan belgilangan haftalik vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.