Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Djabborov, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat B.Jo‘rayevlar Qushchi mahallasida bo‘lib, ichki ko‘cha yo‘llarining holati yuzasidan aholi tomonidan bildirilgan murojaatlarni joyiga chiqib o‘rgandilar.
📍 O‘rganish davomida mahalla ichki yo‘llarining mavjud holati ko‘zdan kechirilib, fuqarolarning muammo va takliflari tinglandi.
🤝 Aholi murojaati — e’tibordan chetda emas. Muammolarni joyiga chiqib o‘rganish, ularning yechimini izlash va tegishli choralarni ko‘rish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
🏡 Qushchi mahallasidagi yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish bo‘yicha tegishli masalalar o‘rganib chiqildi.