Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Aholini tibbiy qo‘llab-quvvatlash: Poliklinikada bepul dorilar tarqatilishi nazorat qilindi
янв.21
Murojaat va o‘rganish: Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarning ovqatlanish ratsioni nazorat qilindi
янв.21
Kambag‘allikdan farovonlik sari: Yangi yo'l MFYda tomorqadan unumli foydalanish amalda!
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi tomonidan qonunlar ijrosi nazorat qilinmoqda
янв.21
Navbatdagi sessiyaga kiritilgan masala dastlabki bosqichda atroflicha o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari va Yoshlar maslahat guruhi "mahalla yettiligi" faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Uzun tumanida korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
MADAD” BILAN HAMKORLIK DAVOM ETMOQDA
янв.21
Profilaktika inspektori faoliyati va hudud xavfsizligi deputat e’borida
янв.21
«Chaqar» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
KASB-HUNAR — MUNOSIB DAROMAD VA YANGI IMKONIYATLAR GAROVI

KASB-HUNAR — MUNOSIB DAROMAD VA YANGI IMKONIYATLAR GAROVI

Bugun xorijda qonuniy mehnat qilib, munosib daromad topish istagidagi yoshlar uchun kasb-hunar egallash muhim imkoniyatlardan biriga aylanmoqda. 

Namangan shahrida faoliyat yuritayotgan GetWork xususiy bandlik agentligi ham ishsiz fuqarolarni zamonaviy va mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitib, ularni xorijiy davlatlarda qonuniy ish bilan ta’minlashga ko‘maklashmoqda.

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati, shahar hokimi Ayubxon Kamolov agentlik tinglovchilari bilan uchrashib, ularning ta’lim jarayoni, xorijda ishlashga tayyorgarligi hamda kelgusidagi rejalari bilan qiziqdi.

Bugungi kunga qadar GetWork agentligining 300 nafardan ziyod tinglovchisi Yevropaning qator davlatlarida qonuniy asosda, o‘rtacha 1 200 AQSh dollari miqdoridagi maosh bilan mehnat qilayotgani qayd etildi.

Uchrashuvda yoshlarni kasbga yo‘naltirish, xorijiy mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash, fuqarolarni kasb-hunar va xorijiy tillarga maqsadli o‘qitish, shuningdek, ularning xavfsiz va qonuniy bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni yanada kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolarni xorijiy ish beruvchilar talablariga mos ravishda tayyorlash, ularni qonuniy mehnat faoliyatiga yo‘naltirish hamda xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish muhim vazifalardan ekani ta’kidlandi. 

Bu yo‘nalishlarda kasb-hunar va xorijiy tillarni o‘rgatish hamda fuqarolarni tashkillashtirilgan tartibda ishga yuborish choralari belgilangan.

O‘rganish va muloqot jarayonida aholi bandligini ta’minlash, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitish, yoshlarni daromadli mehnatga jalb etish hamda fuqarolarning qonuniy bandligini ta’minlashga oid “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘RQ-642-son, 2020-yil 20-oktabr mazmun-mohiyatiga ham e’tibor qaratildi. 

Mazkur qonun bandlik, kasb-hunarga o‘qitish va aholini mehnat bozoriga moslashtirish masalalarida muhim huquqiy asos hisoblanadi.

Slide 1 of 5