Aholini tibbiy qo‘llab-quvvatlash: Poliklinikada bepul dorilar tarqatilishi nazorat qilindi
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining 7-Yangi yo‘l saylov okrugidan saylangan deputati Yangi yo‘l mahallasida joylashgan oilaviy poliklinika faoliyatini o‘rgandi.
O‘rganish jarayonida deputat eng avvalo aholiga, xususan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, surunkali xastaligi bor va imtiyozli toifadagi fuqarolarga bepul beriladigan dori-darmon vositalarining ajratilish holati va tarqatilish
shaffofligi bilan tanishdi.