Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
🇺🇿Kengashning oylik ish rejasiga asosan Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashining doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Mahalliy Kengaş deputati faoliyatinin 24 ta muhim yōnalişi ijroda: Uzun tumaninda amaliy muloqot ōtkazildi
янв.21
Aholi murojaatlari — e’tibor markazida
янв.21
Deputatlar D.Safarova va B.Toşboyev Uzun tumanida yangi 34-DMTTni tantanali ravişda oçib berişdi
янв.21
AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT QILISH — DEPUTATLAR FAOLIYATINING ENG MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
Aholiga sifatli va arzon mahsulotlar yetkazilishi deputat e’tiborida
янв.21
🔵Deputat U.Aliqulov "Xursand" MFYdagi profilaktika inspektori faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashiga 23-Fayziobod saylov okrugidan saylangan deputat U. Aliqulov o'z saylov okrugidagi "Xursand" MFY hududida joylashgan savdo do'konlarida bo'lib, oziq-ovqat va kundalik iste'mol mollari narxlari hamda ularning sifati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Har bir fuqaro bilan yuzma-yuz muloqot: Murojaatlar tinglandi!
янв.21
Muammolarga yechim — hamkorlikda
FUQAROLAR MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ FUQAROLAR MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 6-“Sarbon” saylov okrugidan saylangan deputati Xabibulla Akilov tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazilib, aholining kundalik hayotiga daxldor murojaatlari, mavjud muammolari hamda takliflari tinglandi. Qabulda tuman hokimligi mas’uli, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Muzaffar Yusubov hamda mahalla raislari ishtirok etib, fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni bevosita tingladilar va ularni tegishliligi bo‘yicha ko‘rib chiqdilar.

🗣 Qabul davomida fuqarolar tomonidan davolanish va tibbiy yordam olish, o‘qish uchun kontrakt to‘lovlari, ijtimoiy ko‘mak, bandlik hamda boshqa ijtimoiy-maishiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat fuqaroning holatidan kelib chiqqan holda alohida ko‘rib chiqildi.

✅ Muloqot davomida yechimi imkon doirasida bo‘lgan ayrim masalalar joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish va mutasaddi tashkilotlar ishtirokini talab qiladigan murojaatlar esa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish uchun belgilab olindi.

🏥 Xususan, fuqarolarning davolanishi va tibbiy yordam olishi bilan bog‘liq murojaatlariga alohida e’tibor qaratildi. Murojaatchilarning holati tinglanib, masalalarni tegishli tartibda hal etish va zarur ko‘mak choralarini ko‘rish yuzasidan mutasaddilar bilan fikr almashildi.

🎓 Shuningdek, o‘qish kontrakti to‘lovlari bilan bog‘liq masalalarda murojaat qilgan fuqarolar ham qabul qilindi. Ularning murojaatlari o‘rganilib, mavjud imkoniyatlar va belgilangan tartiblar doirasida ko‘rib chiqish masalalari belgilandi.

🔺 Qabul jarayonida 6-“Sarbon” saylov okrugi hududidagi mahallalarda ilgari ko‘tarilgan ichki yo‘llar, ko‘cha yoritilishi, elektr tarmoqlari, kanalizatsiya, bolalar va yoshlar uchun sport maydonlari hamda kommunal infratuzilma bilan bog‘liq masalalarga ham e’tibor qaratildi.

📁 Jumladan, avvalgi o‘rganishlarda “Alisherobod” mahallasida ochiq sport maydoni tashkil etish, “Ijodkor” mahallasidagi 15 ta eskirgan simyog‘ochni yangilash, 15 ta xonadonni kanalizatsiya tarmog‘iga ulash, ichki ko‘chalarni yoritish, “Ijodkor” mahallasidagi 150–200 metr hamda “Alisherobod” MFY Milliy bog‘ ko‘chasidagi 70 metr ichki yo‘lni asfaltlashtirish zarurati aniqlangan edi. Mazkur masalalar yuzasidan deputat tomonidan tegishli tartibda deputatlik so‘rovi ham yuborilgan.

🔎 Fuqarolar qabuli mahalliy Kengash deputati faoliyatining muhim yo‘nalishlari — aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va bandlik masalalari, mahalla infratuzilmasi hamda fuqarolar murojaatlarini manzilli o‘rganish bilan uyg‘un ravishda olib borildi.

🤝 Xabibulla Akilov fuqarolar bilan ochiq muloqotni davom ettirish, ularning murojaatlarini bevosita tinglash, yechimi qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan masalalarni mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish hamda ularning ijrosini nazorat qilib borishga e’tibor qaratdi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 6